Texnologiya | 00:00 / 11.11.2016
6555
1 daqiqa o‘qiladi

Lablar harakati bo‘yicha o‘qiy oladigan kompyuter ishlab chiqildi

Foto: Hi-news.ru

Oksford universiteti olimlari LipNet — 93,4 foizgacha aniqlik bilan lablar orqali o‘qishga qodir kompyuter dasturini yaratishdi. Bu haqda Gizmodo nashri xabar beradi.

Dastur odamlar lablar harakati orqali uzun so‘zlarni yaxshiroq aniqlay olishini tasdiqlaydigan tadqiqot natijalariga asoslangan. Shu sababli har bir so‘zni alohida aniqlash o‘rniga, algoritm to‘liq gapni tahlil qiladi, keyin esa har bir so‘zni ochib ko‘rsatish uchun chuqur o‘zlashtirish usullaridan foydalanadi, 

Chuqur o‘zlashtirish — ko‘p darajali asab tarmoqlaridan foydalanishni taqdim etuvchi turli mashina ta'limi. Asab tarmoqlari insonning ta'lim jarayonini rag‘batlantiruvchi matematik modellarni o‘z ichiga oladi.


 

Феруза Авазова
Tayyorlagan Феруза Авазова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid