Sport | 17:05 / 11.11.2016
4972
1 daqiqa o‘qiladi

Mossad Gana terma jamoasi bosh murabbiyi Grantni Misrga bormaslikka chaqirdi

Isroil maxsus topshiriqlar va razvedka xizmati (Mossad) Gana terma jamoasi bosh murabbiyi Avraam Grantni Misrga bormaslikka chaqirdi.

Mossad talqiniga ko‘ra, arab va yahudiylar o‘rtasida kechayotgan mojarolar sabab Misrda Grantning hayoti xavf ostida qolishi mumkin.

Oldinroq misrlik muxlislarning isroillik murabbiy Aleksandriyaga kelsa, unga hujum qilishga tayyor ekani haqida bayonoti chiqqandi.

Misr va Gana terma jamoalari o‘rtasidagi JCh-2018 saralash o‘yini 13 noyabr kuni Aleksandriyada bo‘lib o‘tishi lozim.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid