Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama Uber’da ishlashini aytib hazillashdi
AQSh prezidenti Barak Obama prezidentlik muddati yakunlangach, Uber taksi-xizmatiga haydovchi bo‘lib ishga kirmoqchiligini aytib hazillashdi. Bu haqda CBS xabar bermoqda.
Obama amerikalik aktrisa Jina Rodrigesga bergan intervyusi davomida Rodriges Obama o‘z vakolatlarini topshirgach nima bilan shug‘ullanishi haqida qiziqib ko‘rgan. AQSh yetakchisi Uber’da ishlashini aytib hazillashgan. Biroq aktrisa buni chin deb o‘ylab, bu javobdan hayratlangan.
"Bilasizmi, men ikki haftacha to‘yib uxlab olmoqchiman. Agar jiddiy gapiradigan bo‘lsak, biz maqbul sharoitlarga ega bo‘lmagan yoshlarga imkoniyatlar berish ustida ishlashni davom ettiramiz", deb ta'kidlab o‘tdi Obama.

Mavzuga oid
08:33 / 07.05.2026
Obama nima uchun AQSh o‘zga sayyoraliklarni yashira olmasligini tushuntirdi
21:30 / 06.02.2026
Tramp Obama yuzi tasvirlangan maymun videosini e’lon qildi
08:53 / 05.01.2026
Die Zeit: BND yillar davomida Obamaning samolyotidan qo‘ng‘iroqlarni tinglab kelgan
20:46 / 10.08.2025