AQŞ prezidenti Barak Obama prezidentlik muddati yakunlangaç, Uber taksi-xizmatiga haydovçi bölib işga kirmoqçiligini aytib hazillaşdi. Bu haqda CBS xabar bermoqda.
Obama amerikalik aktrisa Jina Rodrigesga bergan intervyusi davomida Rodriges Obama öz vakolatlarini topşirgaç nima bilan şuğullanişi haqida qiziqib körgan. AQŞ yetakçisi Uber’da işlaşini aytib hazillaşgan. Biroq aktrisa buni çin deb öylab, bu javobdan hayratlangan.
"Bilasizmi, men ikki haftaça töyib uxlab olmoqçiman. Agar jiddiy gapiradigan bölsak, biz maqbul şaroitlarga ega bölmagan yoşlarga imkoniyatlar beriş ustida işlaşni davom ettiramiz", deb ta'kidlab ötdi Obama.












