Iqtisodiyot | 17:09 / 11.11.2016
12058
1 daqiqa o‘qiladi

Rubl rasmiy kursi avgust oyi ko‘rsatkichini takrorladi

Foto: TASS

Rossiya milliy valyutasi rublning AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursi Moskva birjasining 11 noyabrdagi savdolarida 53 tiyinga ko‘tarilib, bir dollar 66 rublga yetgan. So‘nggi marotaba, Amerika valyutasi 2016 yil 4 avgustida shunday natijani ko‘rsatgan edi. Yevro kurs esa, 58 tiyinga oshgan va 1 yevro 71,86 rublni tashkil etgan.

Valyutalar kursining o‘sishiga neftning arzonlashuvi ham qisman ta'sir ko‘rsatgan. Xususan, 2017 yil yanvar oyida yetkazib beriladigan Brent neftining bir barreli Londonning ICE birjasi fyuchers savdolarida 0,59 foizga arzonlashib, 45,58 dollardan sotilgan.

Bundan tashqari, rubl kredit bozoridagi vaziyat ham bosim o‘tkazmoqda. 
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid