Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning prezidentligi davrida AQShdagi ko‘chmas mulk bahosi oshishi kutilmoqda
Foto: © AP
Donald Tram AQSh prezidenti etib saylanganidan so‘ng yil davomida Amerika ko‘chmas mulk bozoridagi aktivlar narxi 15-30 foizga oshishi mumkin. "RIA Nedvijimost" ekspertlari o‘tkazgan so‘rovnoma natijalari shundan dalolat bermoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bozor yetarlicha inert bo‘lib, qandaydir hodisalar unga bir lahzada ta'sir o‘tkaza olmaydi, bu asta-sekinlik bilan, taxminan yarim yilda amalga oshadi.
AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp muayyan aniq bir dasturni taqdim etmasidan, ekspertlar saylov oldi bayonotlarga asoslanib, hozirgi vaziyatda qandaydir istiqbolli tendensiyalarni taxmin qilish qiyin ekanligini ta'kidlashdi.
"Tramp o‘z dasturining asosiy maqsadlarini ma'lum qilgunga qadar hammaning kutishdan o‘zga chorasi yo‘q. Saylov oldi debatlarida u ancha keskin bayonotlar berdi, shu jumladan FRS (Federal Reserve System - Federal Zaxira Tizimi) hamda uning rahbari Janet Yyellen haqida ham. Shuningdek u iqtisodiy tizimdan noroziligini ham namoyish qildi", - deydi iqtisodchi Vladimir Rojankovskiy.
"Omonotlarni boshqarish" MChJ bosh tahlilchisi Aleksandr Potavinning fikricha, Zaxira tizimi siyosati o‘zgarishi mumkin. "Savol - qaysi tomonga? Ehtimol, narxlarning oshishi tomongadir, boshqa savol - bu qanchalik tez amalga oshadi?", - deydi ekspert.
AQShdagi ko‘chmas mulk bozoridagi vaziyat to‘g‘ridan-to‘g‘ri FRS narxlariga bog‘liq.
Gordon xalqaro ko‘chmas mulk agentligi prezidenti Stanislav Zingel bu borada shunday deydi: "Ko‘p investorlar FRS stavkasining ko‘tarilishini taxmin qilishmoqda, o‘z navbatida, investor uchun pullar qiymati ham o‘sadi. Biroq Federal Zaxira Tizimi keskin harakat qiladigan o‘yinchi emasligi aniq".
"Amerika ko‘chmas mulk bozori hozir eng yuqori cho‘qqida - narxlar maksimallikka yaqin", - deydi Knight Frank elita ko‘chmas mulk departamentining mijozlar bilan ishlash bo‘limi direktori Yelena Yurgenevna.
Shunga qaramay, Rojankovskiyning so‘zlariga ko‘ra, norezidentlar tomonidan talab ortmoqda. Zingel ham bu so‘zlarga qo‘shildi. "Bu eng avvalo, dollarning qiymatidan kelib chiqadi, dollar esa, ekspertlarning fikricha, oshadi", - deya ta'kidlaydi u.
Mavzuga oid
18:06 / 10.01.2026
Venesuela va AQSh diplomatik munosabatlarni tiklamoqchi
16:59 / 10.01.2026
Ishinger: Rossiya yevropaliklar bilan emas, AQSh bilan muzokaraga qiziqyapti
14:26 / 10.01.2026
AQSh Rossiyaning “yashirin floti”ga tegishli beshinchi tankerni qo‘lga oldi
09:04 / 10.01.2026