Texnologiya | 08:17 / 11.11.2016
8782
1 daqiqa o‘qiladi

Trampning saytidan uning aksilmusulmon dasturi vaqtinchalik yo‘qolib qoldi

Foto: Getty Images

AQSh prezidenti etib saylangan Donald Trampning rasmiy saytidan musulmonlarning AQShga kiritilishini to‘liq taqiqlash haqidagi tashabbusi vaqtinchalik yo‘qolib qoldi, deb xabar bermoqda ABC News telekanali.

Web Archive portali ma'lumotlariga ko‘ra, Trampning musulmon dasturi haqidagi xabar haqiqatan ham uning saytida bir muddat ko‘rinmagan. Sahifaning 10 noyabrda saqlangan nusxasida 302-xato chiqmoqda.     

Keyinroq bu taklif yana paydo bo‘lgan.

Avvalroq AQSh vitse-prezidentligi uchun nomzod Mayk Pens Tramp musulmonlarni AQShga qo‘ymaslik haqidagi taklifidan voz kechganini ma'lum qilgandi. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid