O‘zbekiston | 15:18 / 11.11.2016
17626
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» o‘quvchi va talabalarga chegirmalar belgiladi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ o‘quvchi va talabalarga belgilangan chegirmalar to‘g‘risida ma'lum qildi

O‘zbekiston Respublikasining o‘rta-maxsus ta'lim va oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan yoshlarni rag‘batlantirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2016 yil 1-5 dekabr kunlari e'lon qilingan qo‘shimcha ta'til vaqtida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ o‘quvchi va talabalarga belgilangan chegirmalar to‘g‘risida ma'lum qiladi.

O‘zbekistonning ichki yo‘nalishlarida yo‘l chiptalarni xarid qilish uchun 50 foizlik imtiyoz belgilandi.

Qo‘shimcha ma'lumot uchun 1005 raqamiga murojaat qilish so‘ralgan. Ma'lumotxona uzluksiz ishlaydi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid