Sport | 17:54 / 12.11.2016
5502
2 daqiqa o‘qiladi

Bugun Yevropada JCh saralash bahslari davom ettiriladi

2018 yili Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati uchun saralash bosqichi uchrashuvlari davom etmoqda. Bugun Yevropaning 9ta hududida navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Avvaliga Toshkent vaqti bilan 22:00da D guruhida ishtirok etayotgan Avstriya terma jamoasi guruh yetakchilaridan biri Irlandiyani o‘z uyida qabul qiladi. Guruhning ikkinchi uchrashuvda yana bir yetakchi Serbiya Uels bilan kurash olib boradi.

Kunning yana bir markaziy uchrashuvi Zagrebda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. I guruhida 3 uchrashuvdan keyin 7 ochkodan jamg‘arib jadvalda yetakchilik qilayotgan Xorvatiya va Islandiya terma jamoalari bolqon yurti poytaxtida yakkapeshqadamni aniqlash uchun kurash olib borishadi.

Shuningdek kunning muhim o‘yinlari sifatida Lixtenshteyn – Italiya va Ispaniya – Makedoniya uchrashuvlarini ko‘rsatish mumkin.

Shu va boshqa uchrashuvlar boshlanish vaqti bilan quyida tanishib olishingiz mumkin:

JCh-2018. Saralash Yevropa mintaqasi

Avstriya – Irlandiya. Boshlanish vaqti 22:00
Turkiya – Kosovo. 22:00
Gruziya – Moldova. 22:00
Xorvatiya – Islandiya. 22:00
Lixtenshteyn – Italiya. 00:45
Uels – Serbiya. 00:45
Albaniya – Isroil. 00:45
Ispaniya – Makedoniya. 00:45
Ukraina – Finlyandiya. 00:45

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid