Rossiyada bölib ötadigan JÇ-2018 musobaqalariga yöllanma uçun kuraş olib borayotgan Janubiy Amerikada ham guruh bosqiçi öyinlariga yakun yasaldi. Sönggi turning eng katta intrigasi Argentina terma jamoasining mundial yöllanmasini qölga kiritişi yoki aksinça bölişi edi.

Ekvador mehmoni bölgan Sampaoli şogirdlari baribir öz oldiga qöyilgan vazifani uddalaşdi. Aniqroq aytadigan bölsak, Messi kerak paytda terma jamoa uçun ham qahramon böla olişini isbotladi. Uning eng kerakli uçraşuvdagi het-triki terma jamoani Rossiyada bölib ötadigan JÇ final bosqiçiga olib çiqdi.

Braziliya mehmoni bölgan Çili terma jamoasi esa yirik hisobda imkoniyatni boy berdi. Paulino va Gabriel Jyezusning (dubl) gollari Çilini umuman JÇ yöllanmasidan mahrum qildi. Peru esa Kolumbiya bilan öz uyida durang öynadi, ammo bunday imkoniyatdan Venesuelani qabul qilgan Paragvay foydalana olmadi. Öz uyida yutqazib qöygan paragvayliklar 5-öringa kötarilib oliş imkoniyatini boy berdi.

Natijada Braziliya ortidan KONMeBOL mintaqasidan Urugvay, Argentina va Kolumbiya terma jamoalari yöllanmani qölga kiritgan bölsa, Peru Okeaniya mintaqasi vakili Yangi Zelandiya bilan qit'alararo pley-off bosqiçida öynaydigan böldi.

JÇ-2018 saralaş bosqiçi. KONMeBOL

18-tur

Ekvador – Argentina 1:3 (1:2)
Gollar: Ibarra (1) – Messi (12, 20, 62).
Ekvador: Bangera, Aymar, Ramires, Velasko, Arboleda, Ibarra, Orexuela, Intriago (Uçuari, 77), Sevalos (Valensiya, 41), Ibarra, Ordones (Estrada, 64).
Argentina: Romero, Merkado, Maskerano, Otamendi, Salvio (Fasio, 90), Di Mariya (Paredes, 84), Peres, Akunya, Bigliya, Benedetto (Ikardi, 76), Messi.
Ogohlantirişlar: Sevalos (14), Akunya (51), Bigliya (61), Estrada (75), Maskerano (86).

Braziliya – Çili 3:0 (0:0)
Gollar: Paulino (55), Gabriel Jyezus (57, 90+3).
Braziliya: Ederson, Markinos, Aleks Sandro, Dani Alves, Miranda, Koutino (Firmino, 87), Kazemiro, Paulino, Renato Augusto (Fernandino, 82), Neymar (Villian, 85), Gabriel Jyezus.
Çili: Bravo, Bosejur, Xara, Medel, Arangis (Pulgar, 46), Fuensalida (Puç, 63), Vargas, Valdiviya, Sançes, Ernandes (Paredes, 77), Isla.
Ogohlantirişlar: Koutino (40), Neymar (45), Sançes (54), Isla (68).

Peru – Kolumbiya 1:1 (0:0)
Gollar: Gerrero (76) – Xames (56).
Peru: Galese, Rodriges (Arauxo, 46), Ramos, Trauko, Yotun (Ruidias, 71), Tapiya, Karrilo (Reyna, 63), Kueva, Korso, Flores, Gerrero.
Kolumbiya: Ospina, Murilo, Fabra, Aryas, Sançes, Kuadrado, Agilyar, Sançes, Xames (Çara, 85), Falkao (Moreno, 90), Sapata (Barrios, 73).
Ogohlantiriş: Karrilo (45).

Urugvay – Boliviya 4:2 (2:1)
Gollar: Kaseres (39), Kavani (42), Suares (60, 76) – Silva (24, avtogol), Godin (79, avtogol).
Urugvay: Muslera, Ximenes, Silva (Pereyra, 77), Kaseres, Godin, Bentankur, Vesino, de Arraskaeta (Lodeyro, 77), Valverde (Rodriges, 60), Kavani, Suares.
Boliviya: Lampe, Raldes, Sagredo, Valverde, Bexarano, Çumasero (Arse, 46), Kandiya, Kampos, Maçado, Kastro (Xustiniano, 57), Moreno (Alvares, 69).
Ogohlantiriş: Kandiya (70).

Paragvay – Venesuela 0:1 (0:0)
Gol: Errera (84).
Paragvay: Silva, Gomes, Alonso, Moreyra, da Silva (Samudio, 62), Piris, Roxas, Romero, Romero, Sanabriya (Kardoso, 56), Dominges (Bareyro, 56).
Venesuela: Farines, Anxel, Çanselor, Kixada, Ernandes, Kordova (Soteldo, 57), Errera, Martines (Otero, 77), Rinkon, Murilo (Moreno, 81), Rondon.
Ogohlantirişlar: Martines (25), Alonso (33), Roxas (39), Errera (47), Kardoso (73), Otero (86), Farines (90).
Çetlatişlar: Anxel (89), Gomes (89).