Işonasizmi, yöqmi, OKeANIYa millatlar kubogi degan turnir bor. Final bosqiçida sakkiz jamoa iştirok etadi. Xuddi şu turnir finalida Papuya-Yangi Gvineya terma jamoasini penaltilar seriyasida mağlub etgan Yangi Zelandiya terma jamoasi Okeaniya çempioni hisoblanadi. Saralaş öyinlarida ham zelandiyaliklar ğolib çiqişdi va endi pley-offda Janubiy Amerika vakiliga qarşi maydonga tuşadi. KONMeBOL mintaqasi jamoalarining kuçli ekanini e'tiborga olsak, Okeaniya çempioni Rossiyaga kela olmasligi haqiqatga yaqinroq.

LOTIN AMeRIKASI çempioni Çili terma jamoasi hisoblanadi. Çililiklar sönggi ikki musobaqada Argentina ustidan penaltilar seriyasida ğalaba qozonişgan. Ammo bu terma jamoa ham mundialga bora olmay qoliş xavfi bilan yaşamoqda. Agar Çili sönggi turda Braziliyada mağlubiyatga uçrasa, hatto kuçli beşlikdan ham çetda qolişi mumkin.

Şimoliy Amerikaliklar öz çempionlarigi «KONKAKAF Oltin kubogi»da aniqlaydilar. Oxirgi musobaqa şu yilning iyul oylarida bölib ötgandi va AQŞ terma jamoasi çempionlikni nişonlagan. Hozirda guruhda 3-örinni egallab turgan amerikaliklar ham özlarini bemalol his qila olişmaydi. KONKAKAF saralaş guruhida 3 jamoa töğridan-töğri, yana bir jamoa Osiyo vakili bilan pley-off öyinlari orqali mundialga boriş imkoniyatiga ega. AQŞ 11 oktbyar kuni Trinidad va Tobago mehmoni böladi va agar mağlubiyatga uçrasa, guruhda hatto beşinçi öringa tuşib ketişi mumkin. Çunki AQŞni izma-iz ta'qib qilib kelayotgan Panama va Honduras terma jamoalari sönggi turni yöllanmani naqd qilib qöygan Meksika va Kosta-Rikani öz maydonlarida qabul qilişadi.

AFRIKA Millatlar kubogining sönggi ğolibi Kamerun terma jamoasi hisoblanadi. Şu yilning fevralida Gabonda bölib ötgan turnirda kamerunliklar finalda Misr ustidan ustun kelib, beşinçi marta Afrika çempioni unvoniga sazovor bölişgandi. Ammo yaqinda Moskvada bölib ötgan Konfederatsiyalar kubogida iştirok etib ketgan Kamerun JÇ saralaşida Nigeriyaga imkoniyatga boy berdi va öz guruhida ğolib böla olmadi. Kamerun rasman JÇ-2018ga boriş huquqidan mahrum bölişga ulgurdi.

OSIYo çempioni bizga yaxşi ma'lumki, Avstraliya terma jamoasi hisoblanadi. 2015 yilda öz maydonida bölib ötgan musobaqada «kengurular» ğolib bölişgandi. Endi esa, avlodlar almaşinuviga duç kelgan Avstraliya saralaş guruhida uçinçi örinni qölga kiritdi va Suriya bilan pley-offda qatnaşmoqda. Suriyani yutiş ham ularga yetarli bölmaydi, hali KONKAKAF vakilini ham mağlubiyatga uçratiş kerak böladi. Yöl hali uzoq.












