Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kyolnda Erdo‘g‘an hukumatiga qarshi ko‘p minglik norozilik namoyishi o‘tdi
Foto: © AP
Germaniyaning Kyoln shahrida 12 noyabrda 20 mingga yaqin kishi Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning hukumatiga qarshi norozilik aksiyasini o‘tkazdilar, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
Ma'lum qilinishicha, kurdlar va alavitlar tarafdorlari Reyn daryosi bo‘ylab namoyish o‘tkazganlar. Ko‘pchiligi niqoblarda va Turkiyada man qilingan Kurdiston ishchi partiyasi ramzi bilan bo‘lgan 300 ga yaqin yoshlar namoyishchilarning asosiy guruhidan ortda qolib, politsiyaga shisha idishlar va toshlar uloqtira boshlagan. Buning oqibatida bir politsiyachi jarohat oldi.
Mahalliy hukumat bir necha nafar namoyishchilar hibsga olinganini ma'lum qildi.
Avvalroq Erdo‘g‘an Yevropani Kurdiston ishchi partiyasini qo‘llab-quvvatlashi tufayli terrorchilikka sheriklikda ayblagandi.
Mavzuga oid
13:24 / 01.12.2025
Madridda Pedro Sanchesga qarshi o‘n minglab kishi norozilikka chiqdi
08:16 / 04.11.2025
Serbiyalik talabalar bir yildan so‘ng universitetlar blokadasini yakunladi
17:36 / 26.03.2025
G‘azoda Hamasga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi
22:15 / 04.09.2024