Falastinliklar Ğazoda Isroil bilan uruş boşlangandan beri Hamasga qarşi namoyiş uyuştirişdi. Odamlar uruş tugaşini istab hayqirmoqda va Hamasdan çiqib ketişni talab qilişyapti.
Videolarda niqob kiygan şaxslar qölida tayoq va qurollar bilan ommani tarqatişga urinayotganini köriş mumkin.
Seşanba kuni Bayt-Lahiya köçasidan boşlangan katta namoyişlar videosida odamlar «Hamas aut» deb baqirayotgani aks etgan. Ğazo jim emas, uning yöq qilinişini istamaydigan xalq bor, buni bilişsin, deydi yiğilganlar.
Hamas vakillari hozirça namoyiş haqidagi xabarlarga izoh berişmadi. Guruh tarafdorlari ijtimoiy tarmoqlarda namoyiş iştirokçilarini xoinlar deb atadi.
Namoyiş «Islomiy jihod» guruhi jangarilari Isroilga qarata raketalar uçirganidan va Isroil armiyasi bunga javoban Bayt-Lahiyaning bir qança tumanlari aholisiga evakuatsiya qilişni buyurganidan bir kun ötib bölib ötdi.
«Biz kimdir uçun, qandaydir partiya yoki xorijiy davlat uçun ölişdan boş tortamiz», – dedi namoyiş iştirokçisi Muhammad Diab. Uning akasi bir yil avval Isroil aviazarbasi ostida halok bölgan. Muhammadning uyi vayron bölgan.
«Hamas hokimiyatni tark etişi va yiğlayotganlarning ovoziga, vayronalar ostidan yangrayotgan ovozga quloq solişi kerak - bu eng haqqoniy ovoz», – deydi Muhammad.
Hamas guruhi 2007 yildan beri Ğazoda töliq hukmronlik qilmoqda. Bir yil oldin u Falastin muxtoriyatidagi saylovlarda ğalaba qozongan, keyin esa Ğazodan raqobatçilarini kuç bilan haydab çiqargandi.
Ğazoda uruş boşlanganidan beri Hamasga nisbatan oçiq tanqidlar internetda ham, köçalarda ham tez-tez yangramoqda.
Guruhning hali ham köplab sodiq tarafdorlari bor va bu tarafdorlar va ularning raqiblari nisbati qançalik özgarganini baholaş juda qiyin.
«Keçirasiz, ammo Hamas nimaga umid qilmoqda? U butun dunyo şunçaki raqamlar sifatida qabul qiladigan bizning qonimizga tayanadi, – deb yozdi ğazolik Muhammad Al-Najar feysbukda. – Hamasning özi ham bizni raqamlar deb hisoblaydi. Mayli, u ketsin, jarohatlarimizga malham qöysin».
Uruşdan oldin ham Ğazoda Hamasga qarşilar bor edi, lekin ular öz xavfsizligidan qörqib, asosan jim turişardi.
Isroil qariyb ikki oy davom etgan sulh buzilganidan keyin 18 mart kuni Ğazoda Hamasga qarşi harbiy amaliyotni qayta boşladi.











