Serbiyalik talabalar deyarli bir yil davom etgan hukumatga qarşi namoyişlarni töxtatdi. Belgrad, Novi-Sad, Niş va Novi-Pazar universitetlarida darslar 3 noyabr kuni qayta boşlandi, deb xabar berdi davlat Tanjug axborot agentligi Serbiya ta’lim vazirligiga tayanib. Boşqa oliy ta’lim muassasalaridagi blokadalar esa avvalroq yakunlangan edi.
Talabalar 2024 yil noyabr oyi örtalarida Novi-Sad temiryöl vokzalida beton soyabon kutilmaganda qulab tuşganidan söng universitetlar blokadasini boşlagan edi. Öşanda 16 kişi halok bölgan, önlab odamlar yaralandi. Bu fojia mamlakatda 1996 yildan buyon eng yirik va eng uzoq davom etgan norozilik harakatiga sabab böldi.
Serbiya prezidenti 2 noyabr kuni mamlakatda muddatidan oldin parlament saylovlari ötkazilişini va’da qilgani haqida serb OAV xabar berdi. Uning sözlariga köra, saylovlar vakolat muddati tugamasidan, ya’ni 2027 yil dekabrigaça bölib ötadi, aniq sanani esa “tegişli institutlar” belgilaydi, deb xabar qildi N1 telekanali.
1 noyabr kuni Serbiyaning Novi-Sad şahrida vokzal fojiasi munosabati bilan taxminan 39 ming kişi töplandi. Serbiya IIV ma’lumotiça, şaharga butun mamlakat böylab turli hududlardan odamlar kelgan.
Novi-Sadda 2024 yil 1 noyabr kuni yaqinda ta’mirlangan temiryöl vokzalidagi beton soyabon qulab tuşgan edi. Natijada 6 yoşdan 74 yoşgaça bölgan 16 kişi halok böldi. Fojiadan keyin quriliş vaziri lavozimini egallagan Goran Vesiç iste’fo berdi, keyinroq u va vokzal rekonstruksiyasi bilan boğliq yana 12 nafar şaxs qölga olindi. Biroq hozirgaça ulardan heç biri javobgarlikka tortilmagan.
Vazirning iste’fosi va qölga olişlarga qaramay, mamlakat böylab norozilik tölqini kuçaydi. Serbiya politsiyasi namoyişçilar bilan keskin töqnaşuvlarga kirişdi. Namoyişçilar Novi-Saddagi fojiaga sabab sifatida korrupsiyani, bee’tiborlikni, qurilişda xavfsizlik qoidalariga rioya etmaslikni va hokimiyat tepasidagi mansabdorlar örtasidagi taniş-bilişçilikni körsatdi.
Yanvar oyida noroziliklar fonida Serbiya boş vaziri va Novi-Sadning sobiq meri Miloş Vuçeviç lavozimini tark etişini e’lon qildi. Mart oyida mamlakat parlamenti uning iste’fosini ma’qulladi. Hukumatning yangi rahbari etib tibbiyot professori Juro Matsut tayinlandi, uning nomzodini mamlakat prezidenti Aleksandar Vuçiç taklif etgan edi.













