Jahon | 09:29 / 12.11.2016
13804
2 daqiqa o‘qiladi

Reuters: Tramp o‘z biznesi boshqaruvini farzandlariga topshirmoqda

AQSh prezidenti etib saylangan Donald Trampning farzandlari u tomondan asos solingan Trump Organization kompaniyasi boshqaruvini o‘z qo‘llariga olishadi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.  

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, kompaniyani boshqarish va nazorat qilish Trampning katta o‘g‘illari  Erik va Donald hamda katta qizi Ivankaga o‘tadi. Ayni vaqtda ular kompaniyada vitse-prezidentlar lavozimini egallashadi.

Trump Organization vakilining aytishicha, boshqaruvning Tramp farzandlariga o‘tishi "ayni vaqtda kompaniya uchun ustuvor masala" hisoblanadi. 

Tramp o‘zining dastlabki davlatini Nyu-Yorkning Bruklin va Kuins tumanlarida Ikkinchi jahon urushidan avval arzon uylar qurishni boshlagan otasidan meros sifatida olgan. Tramp bu yo‘nalishni o‘zgartirib, butun dunyo bo‘ylab qimmatbaho idoralar, kazino, mehmonxonalar va golf-klublar qurishni boshlagan. Tramp qurilish imperiyasining flagmani Manxetten markazidagi Trump Tower osmono‘par binosi hisoblanadi. Bu yerda uning kompaniyasi bosh qarorgohi joylashgan.

 

Mavzuga oid