Jahon | 21:11 / 12.11.2016
11995
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiyadagi aza sabab Ispaniya qirolining mamlakatga tashrifi bekor qilindi

Foto: © AFP

Ispaniya qiroli Felipp VI Saudiya Arabistoniga bo‘ladigan tashrifini mamlakat qirolining ukasi shahzoda Turkiyning vafoti munosabati bilan bekor qildi. Bu haqda Ispaniya TIV ma'lum qilgan.

Saudiya Arabistonida uch kunlik motam e'lon qilindi. Eslatib o‘tamiz: Saudiya Arabistoni qiroli Salmonning ukasi shahzoda Turkiy ibn Abdulaziz Ol Saud shanba, 12 noyabr kuni olamdan o‘tdi. Shahzoda Turkiy Ol Saudning nufuzli shajarasidan bo‘lib, amaldagi qirol Salmonning ukasi edi. Ayni vaqtda u rasmiy amalda emas edi, faqatgina 1968-1978 yillarda qirollik mudofaa vazirining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Filipp VI ning tashrifi 12 noyabrdan 14 noyabrgacha mo‘ljallangan edi, deb eslatmoqda Ispaniya tashqi ishlar vazirligi. Qirolga Ispaniya TIV rahbari Alfonso Dastis va Ispaniya taraqqiyot vaziri Inigo de la Serna hamrohlik qilishi mo‘ljallangan edi.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid