Sport | 23:10 / 12.11.2016
16484
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Makgregor va Alvares o‘rtasidagi jangga bormasligi mumkin

Foto: © AP

AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp UFC 205 musobaqasining Konor Makgregor va Eddi Alvares o‘rtasidagi jangiga qo‘yilmasligi mumkin.  

New York Post nashri ma'lumotlariga ko‘ra, Trampning qo‘riqlash xizmati xavfsizlik nuqtai nazaridan uni bu jangga borish fikridan qaytarishga urinmoqda. Chunki hamma amerikaliklar ham Trampning prezidentlik saylovlarida g‘alaba qilganiga ko‘nika olmayaptilar va butun davlat bo‘yicha ommaviy tartibsizliklar uyushtirmoqdalar.    

Shu sababli shaxsan UFC prezidenti Deyn Uaytning taklifiga qaramasdan, Tramp bu jangda paydo bo‘lmasligi mumkin. Tramp agar saylovlarda g‘alaba qozonsa, jangga kelishga va'da qilgandi. 

Avvalroq jang ishtirokchilaridan biri Makgregor Trampning g‘alabasi borasida keskin fikr bildirgandi hamda Tramp qandaydir hokimiyatga ega deb o‘ylamasligini aytgandi.

 

Mavzuga oid