Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an AQShdagi noroziliklarni vaqtinchalik holat deb atadi
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Donald Trampga qarshi chiqayotganlar yaqin orada uning qabuliga yozilishni boshlasalar hech ham ajablanmasligini aytdi. 13 noyabrda bu haqda HaberTurk telekanali ma'lum qildi. Erdo‘g‘an AQShda prezidentlik saylovlaridan keyin yuz berayotgan norozilik namoyishlariga shunday izoh berdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
"Fikrimcha, hozirgi noroziliklar – vaqtinchalik holat. Men shaxsan Trampga qarshi bu namoyishlar jamiyatning yutqazgan qismi orasida toqatsizlik borligidan guvohlik beradi, degan fikrdaman. Yaqin orada norozilarning aksariyati Tramp qabuliga navbatda tursalar, hech ham ajablanmayman", deb aytdi Erdo‘g‘an.
Erdo‘g‘an AQShning yangi prezidenti etib saylangan Tramp "FeTOdan pul olmay ham g‘olib bo‘lganini" aytdi. "U o‘z kuchlari bilan keldi. Unda moliyaviy imkoniyatlar bor va aynan shu imkoniyatlar yordamida u o‘z saylovoldi kampaniyasini olib bordi. Biroq boshqa tomon (Klinton) haqida matbuotga u FeTOdan mablag‘lar olgani haqidagi gaplar chiqib ketdi", deb ta'kidlab o‘tdi Erdo‘g‘an.
Anqara Turkiyada 15 iyulda davlat to‘ntaruviga urinishni amalga oshirishda FeTO tashkiloti va uning yetakchisi, AQShda yashovchi Fathulla Gulenni ayblab kelmoqda.