Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Klinton shtabi xodimlari uning saylovlarda mag‘lubiyatida FQBni aybladilar
AQSh prezidenti lavozimiga sobiq nomzod Xillari Klintonning saylovoldi shtabi xodimlari uning saylovlardagi mag‘lubiyatida Federal qidiruvlar byurosi direktori Jyeyms Komi aybdor deb hisoblamoqdalar, deb xabar bermoqda Fox News telekanali.
FQB iyulda Klintonning shaxsiy serverdagi elektron maktublari borasida tergovni to‘xtatganini ma'lum qilgandi. Biroq prezidentlik saylovlariga 11 kun qolganda Klintonning yordamchisi erining serverida yangi maktublar topilgani sababli tergov qayta boshlangan. Komi bu haqda deputatlarni maxsus maktub orqali xabardor qilgan. Komi saylovlar kunidan ikki kun avval bu yangi maktublar FQBning avvalgi fikrini o‘zgartirmagani va bu Klintonga nisbatan ishning yopilishini anglatishini ma'lum qilgan.
Klinton saylovoldi kampaniyasi tadqiqot bo‘limi boshlig‘i Nevin Neyak shtabning yuqori lavozimdagi vakillariga Komining saylovlargacha bir necha kun qolgandagi ikkinchi bayonoti Klintonning raqibi Donald Trampga yordam bergani haqida elektron maktub yozgan.
"Biz bu saylovlarni o‘tgan haftadayoq yutqazib bo‘lgandik, deb hisoblaymiz. Komining saylovga 11 kun qolganda yozgan maktubi bizga ovoz beruvchilarning saylovlarga kelishini kamaytirdi va oq tanli ziyoli saylovchilar orasida bizni qo‘llab-quvvatlovchilarni chetlashtirdi", deb aytgan Neyak maktubda.
Avvalroq Politico nashri Klintonning bosh maslahatchilari uning mag‘lubiyatida o‘zlarini aybdor deb bilmasliklarini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
13:40 / 25.11.2025
AQSh sudi FTB sobiq rahbari Jyeyms Komiga qo‘yilgan ayblovlarni rad etdi
12:35 / 27.09.2025
Tramp FTB sobiq rahbari Jyeyms Komiga qarshi ayblov qo‘yilishiga erishdi
22:41 / 22.08.2025
FQB agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazdi
15:41 / 10.07.2025