Jahon | 08:09 / 13.11.2016
4234
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya TIV AQShga boradigan o‘z fuqarolarini ehtiyot bo‘lishga chaqirdi

Turkiya tashqi ishlar vazirligi Donald Tramp g‘alabasidan so‘ng AQShga boradigan o‘z fuqarolarini ehtiyot bo‘lishga chaqirdi. Bunga Tramp g‘alabasiga qarshi bo‘lib o‘tayotgan norozilik aksiyalari sabab etib ko‘rsatilgan.  Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

«Mazkur voqealar sabab yuzaga keluvchi xavf va ijtimoiy kuchlanish tufayli AQShda yashovchi yoki shu mamlakatga borishni rejalashtirayotgan bizning fuqarolarga o‘ta ehtiyot bo‘lish tavsiya etiladi», — deyiladi tashkilot ma'lumotida. 
Vazirlikda ma'lum qilishlaricha, gap ba'zi bir shaharlar, masalan: Nyu-York, Chikago, Filadelfiya, Mayami, Los-Anjyeles, Sietl, Oklend va Portlend haqida bormoqda.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid