Jahon | 12:32 / 14.11.2016
12340
1 daqiqa o‘qiladi

Polshada aviahalokatga uchragan prezident Kachinskiy jasadi kavlab olinadi

© AP Photo

2010 yil noyabrida Smolensk (Rossiya) osmonida aviahalokatga uchragan Polsha prezidenti Lex Kachinskiy va uning rafiqasi Mariya jasadlari eksgumatsiya qilinadi (sud-tibbiy ekspertizasi uchun kavlab olinadi). Tadbir 14 noyabr kuni kechqurun Krakovda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Er-xotin Kachinskiylar Vavel qasridagi dahmada dafn etilishgan. Eksgumatsiya yakunlangach, o‘sha kuniyoq jasadlar Yagellon universitetining Collegium Medicum sud tibbiyoti muassasasiga yetkaziladi. Ularni o‘rganishga to‘rt kun ketishi aytilgan. Jasadlarni qayta dafn etish marosimi 18 noyabr kuniga mo‘ljallangan.

Ma'lumot uchun, bortida Polsha prezidenti Lex Kachinskiy va mamlakat rahbariyati vakillari bo‘lgan Tu-154 samolyoti 2010 yilning 10 aprelida Rossiyaning Smolensk aerodromiga qo‘nish chog‘ida qulagan. Ekipajning 8 nafar a'zosi va 88 yo‘lovchining barchasi halok bo‘lgan.

Mavzuga oid

E`lonlar