Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadqiqot: Arktika iqlimi sayyora ko‘rsatkichidan uch marta tezroq o‘zgarmoqda
Uzoq sharq federal universitetining italiyalik olimi Luka Belelli Markezini xalqaro simpoziumda Arktikada olib borilgan tadqiqot natijalari bilan o‘rtoqlashdi. Unga ko‘ra, Shimoliy qutb mintaqasining iqlimi sayyora iqlimi o‘rtacha o‘zgarishidan 3-4 marta tezroq sodir bo‘lmoqda, deb xabar qiladi Universitet matbuot xizmati.
Olim Arktika hududidagi is gazi miqdorini aniqlash bo‘yicha olib borgan tadqiqot natijasini Yakutskda bo‘lib o‘tgan IX Xalqaro simpoziumda havola qilgan. Anjumanda 16 mamlakatdan kelgan 120dan ortiq iqlimshunoslar, ekologlar va biologlar to‘planishgan.
Olim Grenlandiya, shimoliy Atlantika, Rossiya shimoli va Sibirda rossiyalik va yevropalik olimlar bilan hamkorlikda olib borgan bir necha yillik tadqiqotlari xulosasida ta'kidlashicha, Arktika — muhim mintaqalardan biri bo‘lib, sayyoradagi is gazi miqdori ushbu mintaqa iqlimiga jiddiy ravishda bog‘liqdir.
"Arktikadagi abadiy muzliklar o‘zida juda katta miqdorda uglerodni saqlaydi, muzliklar erishi davom etsa, bu gazlar Yer atmosferasiga qo‘shilishi mumkin", — deya italiyalik olim so‘zlarini keltiradi OO‘Yu matbuot xizmati.
Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 50 yilda Yoqutistondagi o‘rtacha havo harorati 2,1 ± 0,6 darajaga oshgan, ammo ayrim hollarda bu raqam 3 darajani tashkil etgan.
Mavzuga oid
13:45 / 12.02.2026
NATO Arktika xavfsizligini mustahkamlashga kirishdi
21:22 / 11.02.2026
NATO «Arktika qo‘riqchisi» missiyasi boshlanganini e’lon qildi
12:13 / 14.01.2026
Arktika xavfsizligi: Germaniya Rossiya va Xitoy tahdidlariga ishora qildi
13:10 / 13.01.2026