O‘zbekiston | 15:54 / 15.11.2016
7072
2 daqiqa o‘qiladi

16 noyabr kuni O‘zbekistonda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 16 noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamol tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 6-8, kunduzi 12-14 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 3-8, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba'zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq, 8 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba'zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 3-8, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid