Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Gazprom" va "Turkmangaz" o‘zaro kelishib olishi mumkin
Arxiv surat
"Gazprom" va "Turkmangaz" rahbariyatlari o‘zaro kelishib olish maqsadida hamkamlik tortishuvlarini to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda, Rossiya gaz xolding kompaniyasi hisobotida so‘z boradi.
"Ayni vaqtda hakamlik tortishuvlari 2018 yil 31 dekabrgacha to‘xtatilgan. Hamkorlikni davom ettirish uchun sud ishtirokisiz o‘zaro maqbul qaror qabul qilish maqsadida shunday yo‘l tutilgan", - deyiladi hisobotda.
Eslatib o‘tamiz, "Gazprom eksport" MChJ 2015 yil 8 iyunda "Turkmangaz" davlat kompaniyasiga nisbatan Stokgolm shahri Savdo palatasidagi hakamlik sudiga murojaat qilgan edi.
TASS agentligining "Gazprom"dagi manbasining aytishicha, "Gazprom eksport" MChJ "Turkmangaz"ni joriy 1 yanvaridan Turkmaniston tabiiy gazini xarid qilishni to‘xtatishidan ogohlantirgan. Shu bilan bir vaqtda, "Gazprom" 2016 yil 1 yanvaridan O‘zbekistondan tabiiy gaz xarid qilishni boshlagan. O‘zbekiston gazini xarid qilish bo‘yicha kelishuvga 2015 yil dekabrda erishilgan edi. Shunga ko‘ra, 2016 yilda O‘zbekistondan 3,1 mlrd kub metr ko‘proq tabiiy gaz xarid qilinadi.
Mavzuga oid
11:12 / 21.04.2026
Gaz uchun qancha to‘laysiz va to‘lov qanday hisoblanadi?
22:27 / 14.04.2026
Prezident neft-gaz tarmog‘ida ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlashni buyurdi
22:53 / 13.04.2026
Rossiya O‘zbekistonga neft va gaz yetkazib berish hajmini oshirishini ma’lum qildi
09:27 / 07.04.2026