Texnologiya | 13:43 / 15.11.2016
4363
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda avtopilotli elektrli superkar ishlab chiqiladi

Foto: Motor.ru

Xitoyning GAC kompaniyasi muqobil boshqaruvga ega bo‘luvchi Enlight elektr superkarining tizerini namoyish etdi. Uning prototipi noyabr oyi o‘rtalarida Guanchjou avtosalonida namoyish etiladi.

Hozircha, superkar butunlay elektr agregati, muqobil boshqaruv tizimiga ega bo‘lishi va uning barcha g‘ildiraklari yetakchi bo‘lishi aniq. Hozircha, superkarni seriyali ishlab chiqarish imkoniyati haqida so‘z borayotgani yo‘q. 

Ta'kidlash joizki, GAC Xitoyning elektr superkarini ishlab chiqqan ilk kompaniyasi bo‘lmaydi. Misol uchun, BAIC firmasi shu yilning aprel oyida Pekin avtosalonida o‘zining ArcFox-7 elektromobilini namoyish etgandi. 603 ot kuchiga ega motor o‘rnatilgan kupe 3 soniyada «yuz»ga chiqa olishi qayd etilgan. Uning eng yuqori tezligi soatiga 260 kmni tashkil etadi. 

Noyabr oyi oxirida Xitoyning yana bir kompaniyasi NextEV elektrli giperkarini taqdim etishi kutilayapti. Uning kuch agregati quvvati 1 mVtni tashkil etishi, 1360 ot kuchiga ega bo‘lishi aytilmoqda. Uning eng yuqori tezligi soatiga 300 kmdan oshadi. 
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid