Jahon | 00:45 / 15.11.2016
5836
2 daqiqa o‘qiladi

Niderlandiyada "internetni ishdan chiqarishiga bir baxya qolgan" odam sudlandi

Niderlandiya sudi "internetni ishdan chiqarishiga bir baxya qolgan" odam sifatida tanilgan Sven Kamfiusni 2 oylik qamoq jazosiga mahkum qildi, deb xabar bermoqda "Frans Press" axborot agentligi. 

Kamfius samarali filtrlarni yaratish maqsadida nomaqbul reklama jo‘natmalari "qora ro‘yxatini" chop etuvchi, Jyeneva va Londonda joylashgan Spamhaus internet-guruhiga 2013 yilda katta ko‘lamli DdoS hujumni amalga oshirishda ayblangan.

Spamhaus xodimlari hujumda Kamfius o‘zini rasmiy vakili deb atagan Cyberbunker xosting servisini ayblaganlar.

Golland nashrlarining ma'lum qilishicha, hujum oqibatida internet kamida 1 haftaga global ishdan chiqishi mumkin bo‘lgan. Shu sababli Kamfius ortidan OAVda "internetni ishdan chiqarishiga bir baxya qolgan odam" degan laqab o‘rnashib qolgan. 

Agentlikning ta'kidlashicha, 39 yoshli Kamfius chiqarilgan hukmga qaramasdan, dastlabki hukm bo‘yicha chiqarilgan 240 kunlik jazodan 55 kunini o‘tab bo‘lgani sababli qamoqqa qaytmaydi. U qolgan muddatni shartli o‘taydi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid