Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya bosh vaziri dekabr boshida Rossiyaga tashrif buyuradi
Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim 1 dekabr kuni Rossiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda Turkiya hukumati manbasiga asoslanib, Hurriyet gazetasi xabar bermoqda.
Bu Yildirimning Turkiya bosh vaziri sifatida Rossiyaga ilk tashrifi bo‘ladi. Nashrning ma'lum qilishicha, Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan bo‘ladigan muzokaralarda ikki mamlakat munosabatlarining me'yorlashuvi masalasi muhokama etilishi kutilmoqda. Shuningdek, muzokaralar markazida Rossiya va Turkiya o‘rtasida milliy valyutalarda savdo bo‘lishi, erkin savdo uchun maydon tashkil etish va sayyohlik tizimini rivojlantirish masalalari ham bo‘ladi.
Ikki mamlakat bosh vazirlari Rossiya va Turkiya hamkorlikda IShID terrorchilik tashkilotiga qarshi birgalikda kurashishi masalasini ham muhokama qilishi mumkin, deb yozadi gazeta.
RF va Turkiya hukumat rahbarlarining uchrashuvidan so‘ng 2017 yil yanvar oyida ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026