Jahon | 11:27 / 16.11.2016
5439
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh prezidenti Barak Obama prezident sifatida so‘nggi marotaba Germaniyaga keladi

© AP Photo/ Andrew Harnik

16 noyabr kuni AQSh rahbari Barak Obama ikkinchi marta Berlinga safar uyushtiradi. Bu uning davlat rahbari sifatida Germaniyaga so‘nggi tashrifi bo‘ladi. Obama ushbu tashrifi doirasida kansler Angela Merkel hamda Yevropaning boshqa yetakchilari  — Fransiya prezidenti Fransua Olland, Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey, Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy va uning italiyalik hamkasbi Matteo Rentsi bilan uchrashadi.

Germaniya OAVning qayd etishicha, dastlab safar yuksak odobni namoyish etishi kerak edi, biroq, Donald Trampning g‘alabasidan so‘ng, barchasi o‘zgargan. DPA agentligining yozishicha, Obama, yangi saylangan prezident o‘z vazifasiga kirishganidan so‘ng, AQShning yevropaliklar bilan o‘rnatgan munosabatlari barbod bo‘lmasligi uchun choralarga ko‘rishga urinadi. 

Amerikaning prezidentining bu safargi tashrifi Berlin aholisining yodida aniq qolishi shubhasiz, deb yozadi agentlik. Chunki, shu munosabat bilan jiddiy xavfsizlik choralari ko‘rilgan. Shahar markazida fuqarolar harakati taqiqlangan, Berlin osmonida parvozlardan holi hudud e'lon qilinib, metroning ayrim bekatlari va S-Bahn shahar elektrpoyezdlari tarmog‘i harakati to‘xtatiladi. 
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid