Jahon | 09:15 / 16.11.2016
5185
1 daqiqa o‘qiladi

Asad: Tramp terrorchilikka qarshi kurashsa, Suriyaning tabiiy ittifoqdoshiga aylanadi

Foto: rtp.pt

Suriya prezidenti Bashar Asad Suriyada AQSh prezidenti etib saylangan Donald Trampdan hozircha hech narsa kutilmasligini, biroq Tramp terrorchilikka qarshi kurashishni boshlasa, u Suriyaning tabiiy ittifoqdoshiga aylanadi, deb aytdi. Asad bu haqda Radio e Televisao de Portugal’ga bergan intervyusida ma'lum qildi.   

"Agar Tramp terrorchilikka qarshi kurashmoqchi bo‘lsa, unda biz bu masalada terrorchilarni yakson qilmoqchi bo‘lgan Rossiya, Eron va boshqa davlatlar bilan bo‘lganidek, albatta uning ittifoqdoshi bo‘lamiz", deb aytdi Asad. 

Shu bilan birga Asad Tramp o‘z lavozimiga kirishguncha yana ikki oy kutish kerakligini aytdi. Asadning ta'kidlashicha, AQSh ma'muriyati prezidentga ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan bir necha kuchlar va "homiy"lardan iborat.
 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid