Texnologiya | 09:43 / 16.11.2016
6191
2 daqiqa o‘qiladi

NYT: AQShdagi Xitoy smartfonlari josuslik qiladi

Illyustrativ surat

Xitoyda ishlab chiqarilib, AQShda sotilgan smartfonlarning bir qismi bekdor bilan ta'minlangan bo‘lib, u har 72 soatda barcha matnli xabarlarni Xitoy serverlariga yuboradi. Bu haqda The New York Times nashri yozmoqda.

Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, Amerikaning kiberxavfsizlik sohasidagi mutaxassislari yaqinda Android smartfonlari dasturiy ta'minotiga o‘rnatilgan “ayg‘oqchi” dasturni aniqlashgan. U foydalanuvchining harakatini, kimga qo‘ng‘iroq qilishi va qanday xabarlar yuborishini kuzatgan. Hozircha, hukumat vakillari, bu ma'lumotlardan reklama maqsadida foydalanilgani yoki Xitoy razvedkasining axborot yig‘ish bo‘yicha sa'y-harakati samarasi ekani borasida aniq to‘xtamga kela olmayapti. 

Ushbu dasturni aniqlagan Kryptowire kompaniyasining ishonch bildirishicha, yashirin dastur matnli xabarlar, telefon raqamlari ro‘yxati, qo‘ng‘iroqlar vaqti, foydalanuvchining turgan o‘rni va boshqa ma'lumotlarni Xitoy serveriga yuboradi. Bunda, foydalanuvchining mazkur bekdor faoliyatidan xabari ham bo‘lmaydi. 

Iyul oyida xitoylik xakerlar 10 mln dona Android-qurilmalarga kirish imkoniyatiga ega bo‘lishgani xabar qilingan edi. 
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid