Jahon | 15:44 / 16.11.2016
6590
2 daqiqa o‘qiladi

Pokiston turk o‘qituvchilarini mamlakatdan chiqarib yuboradi

Foto: Flickr

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning ma'lum qilishicha, Pokiston hukumati turk muxolifati yetakchisi Fathulloh Gulen tashkilotiga tegishli maktablarda ta'lim beruvchi o‘qituvchilarni mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qilgan. 

Rasmiy Anqara Gulen tashkilotini shu yilning iyul oyida amalga oshirilgan harbiy davlat to‘ntarishiga urinishni uyushtirganlikda gumon qiladi.

Pokiston IIV ma'lum qilganidek, mamlakat hukumati Gulen tashkiloti tomonidan barpo etilgan 23ta maktabda ishlab kelgan 108 nafar o‘qituvchi va ularning oila a'zolariga Pokistonni 20 noyabrgacha tark etishni tavsiya qilgan. Shunga ko‘ra, Pokistondan jami 400 nafarga yaqin kishi chiqarib yuborilmoqda. 

Shu yilning 16 iyulga o‘tar kechasi Turkiyadagi bir guruh harbiy isyonchilar davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinishgan edi. Asosiy ziddiyat Anqara va Istanbul shaharlarida yuz berdi. 240 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan va 2 mingdan ortiq inson jarohatlangan isyon bostirilgandi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid