Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va Ukraina terma jamoalari o‘z maydonlarida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi
Foto: championat.com
Futbol bo‘yicha Rossiya milliy terma jamoasi Ruminiya bilan nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Uchrashuv Grozniy shahridagi «Axmat-Arena»da bo‘lib o‘tdi va mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi.
Deyarli teng kuchlar ostida kechgan o‘yinning qo‘shib berilgan daqiqalarida Magomed Ozdoyevning urgan goli hisobiga Rossiya termasi kichik ustunlik bilan g‘alaba qozondi.
Ayni vaqtda, Ruminiya termasi FIFA reytingida 34-o‘rinda, Rossiya 53-o‘rinda.
Ukraina milliy terma jamoasi Xarkov shahridagi «Metallist» stadionida Serbiya termasini qabul qildi. Uchrashuv Andrey Shevchenko shogirdlarining 2:0 hisobida ustun kelishi bilan yakunlandi.
O‘yindagi birinchi golni 38-daqiqada yarimhimoyachi Yevgeniy Shaxov kiritgan bo‘lsa, 86-daqiqada hujumchi Andrey Yarmolenko penalti ishlab, uni o‘zi amalga oshirdi.
Rossiya – Ruminiya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 90 Ozdoyev.
Rossiya – Akinfeyev, Kutepov, Kudryashov (Novoseltsev, 84), Semenov, Jirkov (Ozdoyev, 46), Glushakov, Miranchuk (Poloz, 61), Zobnin, Mogilevets (Yeroxin, 68), Samedov, Kokorin.
Rumyniya – Pantilimon, Latovlevich (Filip, 66), Sepunaru, Grigore (Tsyru, 90), Prepelitse, Enake, Marin, Rotaryu, Grozav (Popa, 83), Andone, Stanku (Nedelku, 90).
Ogohlantirish: Prepelitse (71).
Ukraina – Serbiya 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 38 Shaxov, 2:0 – 87, penalti Yarmolenko.
Ukraina – Boyko, Krivtsov, Ordets, Butko, Fedetskiy, Shaxov (Zinchenko, 77), Malyshev, Tsygankov (Yarmolenko, 65), Sidorchuk (Rotan, 46), Karavayev (Petryak, 46), Zozulya (Besedin, 62).
Serbiya – Raykovich (Yovanovich, 46), Toshich (Maksimovich, 83), Mitrovich, Peychinovich, Mladenovich, Toshich (Markovich, 46), Gudel, Katai (Mitrovich, 69), Radoya, Ignovski (Ivanovich, 77), Pavlovich (Peshich, 46).
Ogohlantirishlar: Zozulya (61), Rotan (79), Ivanovich (87).
Mavzuga oid
14:29
Zelenskiy AQSh bilan bo‘lajak muzokaralarning asosiy mavzularini aytdi
09:56
Germaniya Ukrainaga qurol-yarog‘ eksportini soddalashtirdi
14:11 / 20.03.2026
YeI Kiyevga yordam va’da qildi, ammo 90 mlrd yevrolik kreditni ochmadi
14:00 / 20.03.2026