Texnologiya | 16:13 / 16.11.2016
4470
2 daqiqa o‘qiladi

Seat kompaniyasining ilk krossoveri to‘xtash joyini o‘zi qidiradi

Ispaniyaning Seat avtomobilsozlik kompaniyasi avtomobil tizimlari ishlab chiqishga ixtisoslashgan mahalliy CARNET IT-kompaniyasi bilan hamkorlikda Ateca krossoverini “aqlliroq” qilishdi. Gap Ateca Smart City Car kontsepti haqida bormoqda. U avtomobil to‘xtash joylaridagi bo‘sh o‘rinlarni aniqlash va ular haqida boshqa turdosh avtomobillarga ma'lum qilish texnologiyasiga ega bo‘ldi. 

Loyihada sinov maydoniga aylangan Barselona shahri ma'muriyati, Yevropadagi yirik aloqa operatori Cellnex Telecom va smartfonlar uchun Parkfinder ilovasi mualliflari qatnashgan. 

Krosover bir necha datchiklar yordamida avtomobillar to‘xtash joyida harakatlanish chog‘ida bo‘sh joylarni aniqlaydi. Bunda haydovchidan ortiqcha harakat talab qilinmaydi. Shundan so‘ng, ma'lumotlar yagona iCity serveriga yuboriladi. Buning ortidan shahardagi avtomobil to‘xtash joylaridagi bo‘sh o‘rinlar xaritasi yangilanadi. Parkfinder ayni shu xarita asosida ishlaydi. 

Mazkur ilova foydalanuvchilari bo‘sh joylarni aniqlashlari, bunda narxi va manzil bilan masofasiga e'tibor berishlari mumkin bo‘ladi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid