Jamiyat | 11:02 / 17.11.2016
3957
1 daqiqa o‘qiladi

90 yashar pensioner Ukrainada rekord o‘rnatdi

Foto: adm.dp.gov.ua

90 yashar pensioner 10 kilometr masofani 80 daqiqa ichida yugurib o‘tib, Ukrainada rekord o‘rnatdi.

Mamlakatda uning yoshida mazkur ishni qilish hali hech kimga nasib etmagan edi.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u juda ko‘p kasal bo‘lib qolavergan. Shu sabab 58 yoshidan boshlab sport bilan shug‘ullana boshlagan. U o‘shanda bunday natijaga erishman deb sira o‘ylamagan.

Ayol Ukrainada o‘zining dastlabki rekordini 72 yoshida, 100 metr masofaga yugirish orqali qo‘ygan. So‘ngra rekordlar ketma-ket bo‘laverdi, ayni damda ular soni 60 tani tashkil etadi! Ular orasida hatto 800 metr va 10 km masofaga yugurish bo‘yicha jahon rekordi ham bor.
 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid