Texnologiya | 16:41 / 17.11.2016
4929
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh gibrid va elektromobillarning shovqinsiz harakatlanishini taqiqladi

Elektrli va gibrid avtomobillarning yo‘llarda harakatlanganda shovqin chiqarmasligi ham muammoga aylanmoqda. Aslida, haddan ortiq shovqin bo‘lgan shahar va megapolislarda buning nimasi yomon?, degan savol paydo bo‘lishi tabiiy. Biroq, AQSh Yo‘l harakati xavfsizligi milliy departamenti (NHTSA)ning xabar qilishicha, bular yaqinlashib kelayotgan elektrokarni eshitmagani uchun piyodalar bilan yo‘l-transport hodisalarini ko‘paytirishi mumkin. Ko‘rish qobiliyati cheklanganlar bilan vaziyat yanada og‘irdir. 

Shu munosabat bilan, departament federal xavfsizlik standartiga 141-sonli qo‘shimcha kiritdi. Unga ko‘ra, gibrid va elektr avtomobillar ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlariga oddiy avtomobillarga xos shovqin chiqaradigan qurilma joylashtirishlari talab etiladi. 

Shunday qilib, 2018 yil 1 sentabriga qadar, barcha yangi ishlab chiqilgan gibrid va elektrokarlarning yarmi talabga muvofiq jihozlanishi kerak. Undan so‘ngra, bir yil ichida ishlab chiqaruvchilar barcha mahsulotlarini talabga mos ravishda xaridorlarga yetkazib berishlari lozim bo‘ladi. 

Hisob-kitoblarga ko‘ra, yangi chora yiliga piyodalar ishtirokida sodir bo‘ladigan 2400ga yaqin avtohalokatning oldini olishi mumkin.  

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid