Jahon | 10:36 / 17.11.2016
3827
1 daqiqa o‘qiladi

Antaliyada politsiyachilar va kurdlar o‘rtasida otishma yuz berdi

Foto: aa.com.tr

Turkiya politsiyachilari ularga hujum qilgan Kurdiston ishchi partiyasi a'zolari bilan otishmaga kirishgan. Voqea Antaliyada yuz bergan, deb xabar qilmoqda Anadolu agentligi.

Hodisa 16 noyabr kuni kechqurun Ko‘nyaalti tumanida sodir bo‘lgan. Agentlikka ko‘ra, KIPning politsiyachilarga o‘q uzgan uch a'zosi yashirinishga uringan, ammo otishma natijasida ulardan biri halok bo‘lgan. 

O‘ldirilgan jinoyatchi huquq idoralari xodimlariga granata uloqtirishga uringan. Yana bir hujum qilgan shaxs yaralangan va hibsga olingan. 

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, politsiyachilar orasida jabrlanganlar yo‘q. Ular hujum qilganlarning g‘oyib bo‘lganlarini topish va yo‘q qilish amaliyotini davom ettirmoqda. 

Kurdiston ishchi partiyasi Turkiya, AQSh, YeI va boshqa mamlakatlarda terroristik tashkiloti sifatida tan olingan. 
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid