Jahon | 11:37 / 17.11.2016
5895
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya bosh vaziri Tramp bilan uchrashadigan ilk davlat rahbari bo‘ladi

Foto: © RIA Novosti

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe AQShdagi prezident saylovida g‘alaba qozongan Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazuvchi ilk xorijlik davlat rahbari bo‘lish "katta sharaf" ekanini qayd etdi. U yangi prezident bilan o‘zaro ishonch asosidagi munosabatlar qurilishiga umid bildirib o‘tgan.

"Menimcha, dunyo rahbarlari orasida birinchi bo‘lib AQShning yangi prezidenti bilan uchrashish va muzokaralar o‘tkazish – katta sharafdir. Men u bilan bizning kelajakdagi rejalarimiz xususida gaplashmoqchiman", — deya Nyu-Yorkka uchayotgan yaponiyalik siyosatchining so‘zlarini keltirgan Kiodo agentligi.

"Men janob Tramp bilan o‘zaro ishonch asosidagi munosabatlarni qurmoqchiman", — deya qo‘shimcha qilgan Sindzo Abeyu U AQSh bilan ittifoq "Yaponcha diplomatiya va xavfsizlik"ni aks ettirishini ta'kidlagan.

Yaponiya bosh vaziri 17 noyabrdan 7 dekabrgacha AQSh, Peru va Argentina davlatlari bo‘ylab safar qiladi. Abe va Trampning uchrashuvi 17 noyabr kuniga belgilangan. Shundan so‘ng Abe Peruga Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik sammitida ishtirok etish uchun yo‘l oladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid