Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple smartfonlari Xitoydan qaytarib olinishi mumkin
Foto: © flickr / Paul Hudson
Xitoylik foydalanuvchilar iPhone smartfonlari batareya to‘liqligi indikatori 50 foizni ko‘rsatayotganiga qaramasdan, o‘chib qolayotganidan shikoyat qilmoqdalar.
Xitoy iste'molchilar uyushmasi Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida bu nosozlik haqidagi xabarlar ko‘p emasligiga qaramasdan bu e'tirozlarni qo‘llab-quvvatladi.
Uyushma smartfonni ishlab chiqaruvchi Apple kompaniyasiga smartfonlarning o‘chib qolishi muammosini ko‘rib chiqish talab qilingan maktub yo‘lladi.
Apple bunga javoban uyushma bilan birgalikda mijozlarga yordam berishga tayyorligini bildirgan.
Uyushma xorijiy kompaniyalarni o‘z mahsulotlarini qaytarib olishga majburlagani bilan nom chiqargan.
Xususan, Samsung kompaniyasi Xitoyda sotiluvchi Galaxy Note 7 smartfonlari batareyalarini boshqa ishlab chiqaruvchi tayyorlaganiga ishora qilib, bu smartfonlarni almashtirib berish dasturiga dastlab Xitoyni kiritishni rejalashtirmagandi. Uyushma kotibi o‘rinbosari bunga javoban xitoylik xaridorlarga nisbatan ikkilik standartlari siyosati qo‘llanayotgani, Samsung ularning xavfsizligini inkor qilayotganini aytgan.
Apple smartfonlari bilan bog‘liq hozirgi vaziyat Samsung muammolaridan farq qilsada, uyushma Apple iPhone’ning baland narxi uning sifatiga mos kelmasligi borasida yetarlicha miqdorda xaridorlar shikoyat qilsa, kompaniyaga qarshi borishi mumkin.
Mavzuga oid
23:35 / 12.01.2026
O‘ldingmi? – Xitoyda yolg‘iz odamlar uchun mo‘ljallangan ilova ommalashdi
21:49 / 12.01.2026
Apple 2025 yilda smartfonlar bozorida jahon yetakchisiga aylandi
00:48 / 11.01.2026
Xitoy kompaniyasi odamsimon robotlar sotish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘ldi
15:42 / 09.01.2026