O‘zbekiston | 18:48 / 17.11.2016
42583
2 daqiqa o‘qiladi

NATOning Toshkentdagi vakolatxonasi yopiladi

© AP Photo

NATO tomonidan Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun 2014 yil mayida O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida ochgan byurosi yopiladi. RIA Novosti agentligi byuro xodimlariga asoslanib xabar berishicha, tashkilot vakolatxonasi 2017 yil aprelida yopiladi.

«Toshkent shahridagi hududiy ofis 2017 yilning 31 martigacha faoliyat ko‘rsatadi, shundan keyin Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalar Bryussel shahridan turib to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘lga qo‘yiladi», — deya aniqlik kiritgan manba.

Bundan oldinroq, ofis rahbari Rozariya Pulizi  vakolatxona yopilishi haqida ma'lum qilgan, bu siyosiy sabab tufayli emas, 2017 yilgi byudjyetning qayta ko‘rib chiqilishi sababli ro‘y berishini aytib o‘tgandi.

«NATOning Markaziy Osiyo va Afg‘onistonda bo‘lishi ilgarigidek muhim ahamiyatlidir. Sheriklik dasturi ruhida tinchlik o‘rnatish uchun Markaziy Osiyodagi har bir hamkorimiz faoliyat va hamkorlikni rivojlantirish borasida o‘z huquqiga ega», — degandi u.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid