Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
18 noyabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari
16 noyabr tuni va 17 noyabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
Turkiya Respublikasi Prezidenti O‘zbekistonga keldi
Foto: tccb.gov.tr
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejyep Tayyip Erdo‘g‘on 17 noyabr kuni mamlakatimizga tashrif buyurdi.
>>> Batafsil.
Belarus prezidenti Qur'onni nima uchun o‘pgani sababini ma'lum qildi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Minskdagi jome' masjidining ochilishi marosimida barcha dinlarga birdek hurmat bilan qarashi ramzi sifatida Qur'oni karimni o‘pganini ma'lum qilgan.
>>> Batafsil.
Mozambikda benzovoz portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 73 kishiga yetdi
Foto: © AFP
Avvalroq 43 kishi halok bo‘lgani va 110 kishi yaralangani ma'lum qilingan.
>>> Batafsil.
AQSh va Peru kuchlari tarixdagi eng yirik miqdordagi qalbaki dollarlarni musodara qilishdi
Foto: © AP
Ta'kidlanishicha, umumiy hisobda 30 mln qalbaki dollar hamda 50 mingdan ko‘proq qalbaki yevro musodara qilingan.
>>> Batafsil.
"Mersedes" Xitoydagi millioninchi avtomobilini ishlab chiqardi

Daimler va BAIC avtomobilsozlik korporatsiyalarining Pekinda joylashgan qo‘shma korxonasida yubiley sondagi avtomobil ishlab chiqarildi.
>>> Batafsil.
AQSh milliy razvedkasi direktori iste'foga chiqishga ariza berdi
Foto: © AFP
AQSh milliy razvedkasi direktori Jyeyms Klepper AQSh kongressidagi yig‘ilishda iste'foga chiqishga ariza berganini ma'lum qildi.
>>> Batafsil.
AQSh davlat departamenti Qatarga qiruvchi samolyotlar sotishni ma'qulladi
Foto: © AP
AQSh Davlat departamenti Qatar amirligiga 72 dona F-15QA qiruvchi samolyotlarini sotish bitimini tasdiqladi. Uning qiymati 21 mlrd dollarni tashkil etadi.
>>> Batafsil.
Yaponiya bosh vaziri Tramp bilan uchrashuvdan keyin uni ishonchli yetakchi deb atadi
Foto: REUTERS
AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp xorijiy yetakchi bilan birinchi uchrashuvini o‘tkazdi. Bu yetakchi Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bo‘ldi.
>>> Batafsil.
Premer-liga eski an'analaridan birini tiklamoqchi

Premer-liga jamoalari stadionlarda turib tomosha qiladigan o‘rindiqlarni qaytarish masalasini yana kun tartibida muhokama qilishmoqda.
>>> Batafsil.
Messi sportchilarning yana bir reytingni boshqarib turibdi

Argentinalik futbolchi Lionel Messi Forbes jurnali tomonidan e'lon qilingan 30 yoshgacha bo‘lgan eng boy sportchilar reytingini boshqarib bormoqda.
>>> Batafsil.
Mavzuga oid
14:01 / 04.01.2025
Isroilning G‘azoga aviazarbasi, Suriyaga tashrif buyurgan yevropalik vazirlar va Antalyaning rekordi - kun dayjesti
23:48 / 11.09.2024
11 sentabrning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
21:05 / 06.04.2020
Shifoxonaga tushgan Jonson, qirolichaning murojaati, neft bo‘yicha kelisha olmayotgan Rossiya va Saudiya hamda kunning boshqa xabarlari
22:31 / 04.04.2020