Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh davlat departamenti Qatarga qiruvchi samolyotlar sotishni ma'qulladi
AQSh Davlat departamenti Qatar amirligiga 72 dona F-15QA qiruvchi samolyotlarini sotish bitimini tasdiqladi. Uning qiymati 21 mlrd dollarni tashkil etadi, deyiladi mudofaa vazirligi harbiy hamkorlik boshqarmasi saytida.
Xarid kelishuviga ko‘ra, qiruvchi samolyotlar o‘q-dori va qurol-aslahalar bilan ta'minlanadi, ularga texnik yordam ko‘rsatiladi va uchuvchilar tayyorlanadi. Biroq, F-15 qiruvchilarini yetkazib berish muddatiga oydinlik kiritilmagan. Bitimning umumiy qiymati 21,1 mlrd AQSh dollarini tashkil etgani xabar qilinmoqda.
«Mazkur bitim, do‘stona mamlakat xavfsizligini takomillashtirish va muhim strategik munosabatlarni mustahkamlash bilan Qo‘shma Shtatlar tashqi siyosati va milliy xavfsizligini kuchaytiradi», — deyiladi boshqarma xabarida.
Sentyabr oyida Kuvayt, Katar va Bahrayn AQShdan 8 mlrd dollar evaziga 81 dona qiruvchi samolyot xarid qilishi haqida ma'lumotlar paydo bo‘lgan edi.
Mavzuga oid
18:51
Tramp jinsiy zo‘ravonlik va tuhmat ishi bo‘yicha 5 million dollar to‘ladi
18:11
Xitoy avtomobil bozori jahon reytingida 1-o‘rinni egalladi
11:20
AQSh Rossiyaga bosimni kuchaytirish uchun yangi sanksiyalar paketini tayyorladi
11:03