AQŞ va Peru maxsus xizmatlari Peru poytaxti Limada ötkazilgan operatsiya davomida tarixdagi eng yirik miqdordagi qalbaki dollarlarni musodara qilişdi. Bu haqda AQŞ maxfiy xizmati ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Ta'kidlanişiça, umumiy hisobda 30 mln qalbaki dollar hamda 50 mingdan köproq qalbaki yevro musodara qilingan.
1,5 mingdan köproq perulik politsiyaçi va AQŞ maxfiy xizmati agentlari iştirok etgan operatsiya davomida qalbaki AQŞ dollarlarini tayyorlovçi 6 ta yaşirin korxona hamda pullar bosiladigan 8 ta stanok yöq qilingan. 15 noyabrda ötkazilgan operatsiya natijalariga köra 48 kişi hibsga olingan.
AQŞ maxsus xizmatlari ma'lumotlariga köra, Peru hozirda eng yirik miqdorda qalbaki dollar işlab çiqariluvçi davlat hisoblanadi.












