Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
300 kishining o‘limiga aloqadorlikda ayblanayotgan sobiq mer qo‘lga olindi
Meksikadagi Alende shahrining sobiq meri "Zetas" guruhi a'zolari tomonidan amalga oshirilgan ommaviy qotillikka aloqadorlikda ayblanib, qo‘lga olindi. Bu haqida Reuters agentligi xabar berdi.
Bosh prokuratura ma'lumotlariga ko‘ra, sobiq shahar rahbari Serxio Losano 300 kishining o‘limiga aloqador. Ommaviy qotillik "Zetas" a'zolari tomonidan giyohvand moddalar sotuvidan tushgan daromadning o‘g‘irlanishiga javoban uyushtirilgan.
Hukumat xabariga ko‘ra, jinoyatchilar shaharning 160-200 kishisini qatl qilishgan. Manbada ta'kidlanishicha, sobiq mer bu voqealar haqida hech narsa bilmasligi mumkin emas.
Jinoiy guruhning sobiq a'zolaridan biri Gektor Moreno kartel boshlig‘i buyrug‘i bilan jami 300 kishining o‘ldirilganini ma'lum qildi. Shuningdek u guruhning 2007 yildan 2011 yilgacha AQSh chegarasi orqali 5 tonnagacha giyohvand modda olib o‘tganini ta'kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shahar hukumati pora evaziga jinoyatchilarni himoya bilan ta'minlagan.
Mavzuga oid
23:45 / 12.06.2026
JCh boshlandi: Raul gol urdi, Eronni siqishmoqda
08:25 / 12.06.2026
JCh-26. Ochilish o‘yinida uchta qizil ko‘rsatildi
14:37 / 11.06.2026
Mundial tanishtiruvi. A guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
17:59 / 10.06.2026