Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda haydovchisiz avtomobillar yo‘lovchilarni manzillariga yetkazishni boshladi
Xitoyning Baidu kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan muqobil boshqaruv tizimiga ega avtomobillari birinchi marta yo‘lovchilarni tashish ishlarini amalga oshirdi. Baidu Google kompaniyasining Xitoydagi analogi hisoblanadi. Vuchjyen shahrida maxsus 3,12 kilometrlik yo‘nalish bo‘yicha qatnovchi avtomobillarda shu paytga qadar 200ga yaqin yo‘lovchi tashilgan, deb xabar qilmoqda TechCrunch.
Baidu tomonidan ishlab chiqilgan muqobil boshqaruv tizimlari bilan BYD, Chery va BAIC kompaniyalari avtomobillari jihozlandi. Muqobil boshqaruv tartibiga o‘tish uchun uzoqni ko‘ra oluvchi Velodyne optik qurilmasi, kameralar, radarlar va axborotlarni yig‘ish hamda qayta ishlash bilan shug‘ulullanuvchi kompyuter o‘rnatilgan.
Baidu avtomobillari qatorni o‘zgartirish, sekin harakatlanayotgan transport vositalarini quvib o‘tish hamda qayrilib olishning uddasidan chiqadi. Yo‘lovchilarni tashish chog‘ida rul yonida haydovchilar o‘tirgan va ular kutilmagan holatlarda boshqaruvni zimmalariga olishi talab etilgan.
Avvalroq, Baidu kompaniya muqobil boshqaruvga ega avtomobillarini Kaliforniya shtati ko‘chalarida sinovdan o‘tkazish uchun ruxsat olgani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
21:17 / 07.06.2026