Milliy telekanallarda Shavkat Mirziyoyev haqida film namoyish etildi
O‘zMTRKning «O‘zbekiston» va «Yoshlar» telekanallarida O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev haqidagi hujjatli film namoyish etildi.
Film ikki qismdan iborat bo‘lib, har bir qismi 20 daqiqadan davom etadi. Filmlar Shavkat Mirziyoyevning bolaligi va o‘smirligiga bag‘ishlangan bo‘lib, uning maktabdagi o‘qituvchilaridan olingan intervyularni o‘z ichiga olgan.
Filmda shuningdek Shavkat Miromonovichning Oliy ta'lim muassasidagi oddiy o‘qituvchilikdan prorektorlikkacha chiqishi va nihoyat O‘zbekiston bosh vaziriga aylanishi ko‘rsatib o‘tilgan. Lentada Mirziyoyevning bolaligi va o‘smirligi oq-qora tasvirlarda ko‘rsatilgan.
Film o‘zbek tilida olingan bo‘lib, imo-ishora tili ham qo‘shilgan. Ayni kunlarda film Youtube portaliga joylangan.
Mavzuga oid
11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
21:36 / 01.05.2024
YeTTB O‘zbekistonda «yashil» shaharlarni rivojlantirish loyihalarida ishtirok etadi
09:04 / 30.04.2024
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar milliy jamoasini tabrikladi
19:48 / 29.04.2024