Jahon | 15:34 / 18.11.2016
7012
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Turkiya universitetlarining 100dan ortiq o‘qituvchisi hibsga olinadi

Foto: EPA

Istanbul politsiya mahkamasi Yildiz texnika universitetining 70 nafar o‘qituvchisini Fathulloh Gulen tashkilotiga aloqadorlikda gumon qilib hibsga oldi, deb xabar qilmoqda NTV telekanali.

Ushlanganlar orasida professorlar, dotsentlar, ularning o‘rinbosarlari va universitet tadqiqot bo‘limlari a'zolari bor. Umuman, prokuratura suddan 103 kishini qo‘lga olish bo‘yicha ruxsat olgan. 

Hibsga olinganlarning barchasi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan va Xavfsizlik boshqarmasiga so‘roq qilish uchun olib kelingan. Ularni qo‘lga olishga sabablardan biri sifatida, mobil telefonlarida Bylock dasturining bo‘lganidir. 15 iyuldagi davlat to‘ntarishiga urinish chog‘ida, isyonchilar ayni ilova vositasida o‘zaro muloqot qilishgan. 

Ushbu amaliyotlar Fathullohchilar terrorchilik tashkiloti – FeTOga nisbatan surishtiruv ishlari doirasida amalga oshirilgani ta'kidlanmoqda. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid