Jahon | 12:51 / 18.11.2016
5736
1 daqiqa o‘qiladi

Sloveniyada suv huquqi konstitutsiya darajasida e'tirof etildi

Illyustrativ surat

Sloveniya hukumati mamlakat konstitutsiyasini, suvdan foydalanishga mamlakat fuqarolarining barchasi birdek haqli ekaniga doir bandlar bilan tuzatish kiritdi. Bu haqda Britaniyaning The Guardian nashri yozmoqda. 

«Suv zaxiralari davlat nazoratidagi jamoat boyligidir. Suv zaxiralari birinchi navbatda, shaharlar va qishloqlar aholisini uzoq vaqt mobaynida ichimlik suv bilan ta'minlash uchun zarurdir. Shu ma'noda u bozor mahsuloti bo‘la olmaydi», —deyiladi hujjatda. 

Parlamentning 90 nafar a'zosidan 64 nafari ma'qullagan konstitutsiya moddasiga ko‘ra, «har bir kishi ichimlik suviga haqli». Qayd etilishicha, tuzatish kiritishga parlament a'zolaridan hech kim qarshilik bildirmagan, Sloveniya demokratik partiyasi a'zolari esa bunga zarurat yo‘q, deb hisoblashgan. 

Shunday qilib, Sloveniya suv huquqini konstitutsiyaga kiritgan YeIning ilk davlati bo‘ldi. 
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid