Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Maykl Flinni xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimiga taklif qildi
AQShning yangi prezidenti Donald Tramp milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi lavozimiga AQSh armiyasi generali Maykl Flinni tavsiya qilmoqda. U Pentagon vazirligining razvedka boshqarmasi sobiq direktori bo‘lgan, deb xabar qilmoqda Reuters.
Trampning taklifi haqida saylangan prezident jamoasidagi yuqori lavozimli mulozimlardan biri ma'lum qilgan. Ta'kidlanishicha, Flinn saylovoldi kampaniyasi chog‘ida Trampga milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatlarini berib turgan.
Maykl Flinn AQSh mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasini 2012-2014 yillarda boshqargan.
Mavzuga oid
09:15
Yevropa yetakchilari AQSh–Eron kelishuvini olqishladi
08:45
AQSh va Eron urushni tugatish hamda Ho‘rmuzni qayta ochish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi
06:40
Pentagon NUJlar haqidagi 72 ta yangi hujjatni e’lon qildi
11:18 / 14.06.2026