Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShdagi prezidentlik saylovlarida eng ommabop bo‘lgan tvit aniqlandi
AQShdagi prezidentlik saylovlarida eng ommabop bo‘lgan tvit aniqlandi. Bu haqda Twitter vakili Nik Patsilio ma'lum qildi.
Gap prezidentlik saylovlaridagi nomzod Xillari Klintonning 2016 yil 9 noyabrdagi, ya'ni asosiy raqibi Donald Trampning saylovlardagi g‘alabasidan keyin chop etgan tviti haqida ketmoqda.
"Buni ko‘rayotgan barcha kichik qizlar ... o‘z muhimligingiz va kuchingizga, siz dunyodagi har bir imkoniyatga munosib ekanligingizga hech qachon shubha qilmang", deb yozgan Klinton. Ushbu tvit 1 mln ta layk va 600 mingdan ko‘proq retvit to‘plagan.
Patsilioning ta'kidlashicha, saylovlar haqida 1 mlrd dan ko‘proq xabar jo‘natilgan. Klintonning yuqoridagi xabari eng ko‘p retvit to‘plagan.
Mavzuga oid
09:15
Yevropa yetakchilari AQSh–Eron kelishuvini olqishladi
08:45
AQSh va Eron urushni tugatish hamda Ho‘rmuzni qayta ochish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49 / 14.06.2026