Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
20 noyabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari
19 noyabr tuni va 20 noyabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
2018 yilgacha Visa va MasterCard orqali parvozlar uchun chipta xarid qilish mumkin bo‘ladi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi xalqaro to‘lov tizimlari vositasida chipta xarid qilish hamda reyslarga onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tish tizimini joriy etish ustida ish olib bormoqda.
>>> Batafsil.
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida avtobus qatnovi joriy qilinadi
Illyustrativ surat
O‘zbekiston va Qozog‘iston Samarqand-Chimkent-Turkiston va Chordara-Yettisoy-Jizzax yo‘nalishi bo‘yicha avtobus aloqasini joriy qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
>>> Batafil.
Filippin va Rossiya prezidentlari ilk marotaba uchrashdilar
Foto: Malacañang Press Pool photo
Filippin prezidenti Rodrigo Duterte Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Peruda Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti vaqtida o‘zaro birinchi marotaba uchrashdilar.
>>> Batafsil.
Saakashvili yangi harakat yaratilishini e'lon qildi
Foto: Reuters
Ukrainaning Odessa viloyatining sobiq gubernatori Mixail Saakashvili "Yangi kuchlar harakati" (Rux novyx sil) harakatining yaratilishini e'lon qildi.
>>> Batafsil.
Ummon sultoni bir yil ichida ilk marta omma oldida paydo bo‘ldi
Foto: Reuters
Ummon yetakchisi, sulton Qobus ibn Said xorijda uzoq davom etgan davolanishdan keyin "yaxshi ko‘rinishda" Ummonda milliy kun nishonlanishi sharafiga o‘tkazilgan paradda bir yil ichida ilk bor omma oldida paydo bo‘ldi.
>>> Batafsil.
Putin OTIH sammitiga yetib keldi
Foto: ANDINA/Oscar Farje
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Peruga Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitida ishtirok etish uchun yetib keldi.
>>> Batafsil.
AQShda xususiy turmalar Tramp tufayli boyib ketishi mumkin
Foto: © AP
Joriy yil avgustida AQSh adliya vazirligi mamlakat hududida mahbuslarni saqlash uchun xususiy turmalardan foydalanishni to‘xtatmoqchi ekanligini e'lon qilgandi.
>>> Batafsil.
Norvegiyalik olimlar dunyodagi eng murakkab til qaysi ekanligini ma'lum qilishdi

Norvegiyalik olimlar piraxan xalqining tilini o‘rganish uchun eng murakkab til deb topishdi. Bu xalq Braziliyaning Amazonka junglilarida yashaydi.
>>> Batafsil.
Dunyodagi eng mitti ilon topildi
Foto: Caraibe CD2S/YouTube
Barbados va Nusi-Be orollarida yashovchi Tetracheilostoma carlae iloni tor og‘izlilar oilasiga mansub bo‘lib, u 2008 yilda taniqli amerikalik olim-gerpetolog Bler Xejyes tomonidan ochilgan va dunyodagi eng mitti ilon deb etirof qilinib kelinayotgandi.
>>> Batafsil.
"Soyuz MS-03" koinot kemasi Xalqaro koinot stansiyasiga tutashadi
Foto: © AFP
"Soyuz MS-03" koinot kemasi yangi ekipaj bilan 20 noyabrda avtomatik tartibda Xalqaro koinot stansiyasiga tutashishi belgilangan.
>>> Batafsil.
Ronalduning uchta goli «Real»ga Madrid derbisida g‘alaba keltirdi

Ispaniya chempionatining 12-turida «Atletiko» o‘z maydonida «Real» klubini qabul qildi.
>>> Batafsil.
Mavzuga oid
14:01 / 04.01.2025
Isroilning G‘azoga aviazarbasi, Suriyaga tashrif buyurgan yevropalik vazirlar va Antalyaning rekordi - kun dayjesti
23:48 / 11.09.2024
11 sentabrning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
21:05 / 06.04.2020
Shifoxonaga tushgan Jonson, qirolichaning murojaati, neft bo‘yicha kelisha olmayotgan Rossiya va Saudiya hamda kunning boshqa xabarlari
22:31 / 04.04.2020